Home Nashriyot bo’limi

Nashriyot bo’limi

“FILOLOGIYA MASALALARI” JURNALI FAOLIYATI HAQIDA MA’LUMOT

    Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti muassisligidagi “Filologiya masalalari” ilmiy-metodik jurnali 2002-yildan buyon bir yilda to’rt marta chop etiladi. Shartli bosma tabog’i 12,8.  Adadi 100 nusxani tashkil etadi. Maqolalar o’zbek, rus, ingliz, olmon, fransuz va ispan tillarida beriladi. “Filologiya masalalari” jurnalining  Nizomi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at Majlisining 2002-yil 31-yanvardagi 1/8-sonli qarori bilan qabul qilingan.

Jurnal 2007-yil 2-fevralda O’zbekiston matbuoti va axborot agentligi tomonidan qayta ro’yxatdan o’tgan. “Filologiya masalalari” jurnali filologiya va pedagogika fanlari bo’yicha fan doktori ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiya ishlari  ilmiy natijalari yuzasidan ilmiy maqolalar e’lon qilinishi zarur bo’lgan nashrlar ro’yxatiga kiritilgan. 2007-yil aprel oyida jurnal YUNESKOning 1994 – 4233 ISSN raqamli xalqaro sertifikatini olgan. Jurnalda adabiyotshunoslik, tilshunoslik, tarjimashunoslik, jurnalistika, metodika, pedagogika va psixologiya, asliyatdan tarjima ruknlari bo’yicha  respublikamizdagi yetakchi olimlar, xorijiy mutaxassislar hamda ushbu yo’nalishlarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan katta ilmiy xodim-izlanuvchi, mustaqil izlanuvchi  magistrant va talabalarning maqolalari chop etiladi.

Bosh muharrir  – Gulandom Boqieva
Bosh muharrir o’rinbosari – Mahmud Sa’diy
Mas’ul kotib – Karomat Mullaxo’jaeva

Tahrir kengashi: Laylo Ahmedova,  Dii Brouton(AQSH), Rafael Gusman(Ispaniya), Jamoliddin Yoqubov, Abbos Irisqulov, Shavkat Karimov, Stiv Maknalti(Britaniya Kengashi Direktori), Elmira Muratova, Rodmonga Potapova(Rossiya), G‘anisher Rahimov, Nuriddin Safoyev, Shuhrat Sirojiddinov, Boqijon Tо‘xliyev, Irina Xaleyeva(Rossiya), Shavkat Sharipov.

 

Tahrir hay’ati: Xurshid Dо‘stmuhammad, Dilbar Jumanova, Nilufar Isoqulova Anatoliy Lixodziyevskiy, Oynisa Musurmonova, Patxiddin Nishonov, Xalifa Paluanova, Gulchehra Rixsiyeva, Halim Saidov, Dilfuza Teshaboyeva, Iroda Tо‘ramuratova, Nosir Qambarov, Guli Ergasheva, Venera Qayumova, Gulnoz Xalliyeva.

Veb-sayt manzili – http://www.filolm.uz

Tahririyat manzili – Uchtepa tumani, Kichik halqa yо‘li, 21- a uy.

Obuna indeksi – yakka tartibdagi obunachilar uchun – 943, tashkilotlar uchun – 948.