Home O’zDJTU va MDLU qo’shma ta’lim dasturlari

O’zDJTU va MDLU qo’shma ta’lim dasturlari

by Shokirjon Kholmatov

O’ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI (O’zDJTU)

va

ROSSIYANING MOSKVA DAVLAT LINGVISTIKA UNIVERSITETI (MDLU)

Qo’shma ta’lim dasturlari bo’yicha o’qish uchun

hujjatlarni qabul qilish jarayoni davom etmoqda.

Ta’lim yo’nalishi: Lingvistika: Tillar va madaniyatni o’qitish nazariyasi va metodikasi (ingliz tili)

O’qish muddati: 4 yil – 3 yil O’zDJTUda va 1 yil MDLUda.

O’qishlarini muvaffayatli tamomlagan talabalarga ikkita diplom – O’zDJTU va MDLUning davlat namunasidagi  diplomlari beriladi.

Dastur doirasida o’qishlarini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvshilar ingliz tili o’qituvchilari sifatida ishlashi, a’lo baholarga bitirganlar esa tarjimon, davlat organlari xizmatchilari sifatida, shuningdek til markazlari, ommaviy axborot vositalarida hamda Rossiya Federasiyasi universitetlari bitiruvchilari bilan bir qatorda Rossiyada ishlashlari mumkin.      

Talab qilinadigan hujjatlar:

1. MDLU rektori nomiga ariza (berilgan shakl bo’yicha, namunasi ilova qilinadi).

3. Pasport nusxasi.

4. Attestat yoki diplom (litsey yoki kollejdan olingan) ilovasi bilan.

5. 3×4 hajmdagi fotosurat (1 dona).

MUHIM: Hujjatlar online qabul qilinadi.

Barcha hujjatlar rangli skaner qilingan, PDF formatida saqlangan holda international.uzswlu.uz@gmail.com elektron pochta manziliga yuborilishi lozim. Elektron poshta orqali hujjatlar yuborilgan vaqtda “Тема” degan joyga abiturientning F.I.Sh. va “MDLUga hujjatlar” degan yozuv kiritilishi lozim. 

Hujjatlar yuborilgandan so’ng quyidagi havola orqali online anketani to’ldirish kerak:

https://docs.google.com/forms/d/1fPO4oBPg-s7guD1U7SiNA83f9QtXAf9eFEydBwkWSRA/edit

Online anketa faqat kirill alifbosida rus tilida to’ldirilishi shart! 

Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2022-yil 17-sentabr soat 23:59 gacha.

KIRISH IMTIXONLARI

Kirish imtixonlari 19 dan 22 sentabr ikki bosqichda o’tkaziladi.

Birinchi bosqichda 2022-yil 19-sentabr kuni soat 14:00 da Jahon tillari universitetining Toshkent shahri, Uchtepa tumani, G-9A mavzesi, Kichik halqa yo’li ko’chasi 21-uy manzilida joylashgan asosiy binosidaabiturientlarMDLU/O’zDJTU tomonidan tashkil etiladigan ingliz tili fanidan test va 20-sentabr kuni soat 14:00dan rus tili fani bo’yicha suhbatda qatnashadilar. 

Ikkinchi bosqichda, imtixonlardan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar Davlat test markazi tomonidan o’tkaziladigan rus tili bo’yicha testni topshiradi. Test sinovlarida ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat test markazi tomonidan belgilanadigan miqdordagi summani to’lashlari lozim. 

Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar bir haftalik muddatda notarial tasdiqlangan va rus tiliga tarjima qilingan hujjatlarini qabul komissiyasiga taqdim etishlari lozim.

Bir o’quv yili uchun kontrakt to’lovi 2000 AQSh dollariga teng. O’zDJTUga to’lov OzR Markaziy bankining to’lov amalga oshirilgan kundagi kursi bo’yicha so’mda to’lanadi.

Qabul masalalarida savollaringiz bo’lsa, Qoshma ta’lim dasturlari bo’limi bilan (+99895) 1941505 (ish) telefon raqami, Telegram: (+99899) 877 48 47 yoki  e-mail: international.uzswlu.uz@gmail.com orqali bog’lanishingiz mumkin. 

  

Anketa МDLU (rus tilida)

Ariza MDLU1 (rus tilida)

Ariza MDLU2 (rus tilida)

Leave a Comment