Home O’zDJTU va ADU qo’shma ta’lim dasturlari

O’zDJTU va ADU qo’shma ta’lim dasturlari

by Shahnoza Hojieva

O’ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI (O’ZDJTU)
VA
ROSSIYA FEDERATSIYASINING ADIGEY DAVLAT UNIVERSITETI (ADU)
QO’SHMA TA’LIM DASTURLARI BO’YICHA O’QISH UCHUN HUJJATLARNI QABUL QILISH BOSHLANGANLIGINI E’LON QILADI

Ta’lim yo’nalishlari:

  • Rus tili xorijiy til sifatida – RTXTS
  • Axborotni qayta ishlash va boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari (kompyuter lingvistikasi) – AKT

O’qish muddati: 4 yil – 3 yil O’zDJTUda va 1 yil ADUda.

O’qishlarini muvaffayatli tamomlagan talabalarga ikkita diplom – O’zDJTU va ADUning davlat namunasidagi  diplomlari beriladi.

RTXTS yo’nalishi bo’yicha o’qishlarini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilar rus tili o’qituvchisi, ommaviy axborot vositalarida tahrirchi, tarjimon va davlar organlari xizmatchilari sifatida ishlashlari mumkin.   

AKT yo’nalishi bo’yicha o’qishlarini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilar etakchi IT kompaniyalarida dasturchi, bilimni boshqarish tizimlarini yaratich, belgilarni optic tarzda aniqlash, nutqni avtomatik tarzda aniqlash va sintex qilish bo’yicha mutaxassis, davlat va xususiy tashkilotlar xodimi sifatida ishlashi hamda o’zlarining xususiy IT kompaniyalarini oshichi mumkin. 

Talab qilinadigan hujjatlar:

  1. ADU rektori nomiga ariza (berilgan shakl bo’yicha, namunasi ilova qilinadi).
  2. Pasport nusxasi.
  3. Attestat yoki diplom (litsey yoki kollejdan olingan) ilovasi bilan.
  4. 3×4 hajmdagi fotosurat (1 dona).

MUHIM: Barcha hujjatlar rangli skaner qilingan, PDF formatida saqlangan holda international.uzswlu.uz@gmail.com elektron pochta manziliga yuborilishi lozim. Yuborilgan vaqtda “Тема” degan joyga abiturientning F.I.Sh. va “ADUga hujjatlar” degan yozuv kiritilishi lozim.

Online tarzda hujjatlarni topshirish uchun havola:

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScWQ3GK5yuwGQ-OS3lSXyAEVgFLqgTPKItLg2R6swIdvlxtpQ/viewform?usp=sf_link

Online anketa faqat kirill alifbosida rus tilida to’ldirilishi shart!

Hujjatlarni qabul qilish 2022-yil 20-iyundan boshlanadi.

Kirish imtihonlari quyidagi fanlardan bo’ladi:

Komputer lingvistikasi

  • Rus tili
  • Matematika

Rus tili xorijiy til sifatida

  • Rus adabiyoti
  • Rus tili

Imtihonlarni o’tkazish sanasi va shakli haqida avgust oyining ikkinchi yarmida xabar beriladi.

Kirish imtihonlari ikki bosqichda amalga oshiriladi:

Birinchi bosqichda abiturientlar MDLU/O’zDJTU tomonidan tashkil etiladigan ingliz va rus tili bo’yicha imtihonlarda qatnashadilar.

Dastlabki saralab olish imtihonlari (birinchi bosqich) natijalari bo‘yicha to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning kamida 30% (o‘ttiz foiz) ini to‘plagan nomzodlar ikkinchi bosqichda Davlat test markazi tomonidan o’tkaziladigan rul tili bo’yicha test sinovlarini topshirishadi.

Imtihon va testlarni o’tkazish sanalari va shakli (yozma, test, suhbat, online/offline) haqidagi ma’lumotlar avgust oyining ikkinchi yarmidan keyin elektron pochta manzilingizga yuboriladi. Shu sababli, elektron pochtangizni tez-tez tekshirib turing.

Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar bir hafta muddatda rus tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan hujjatlarini qabul komissiyasiga taqdim etishlari lozim.

O’zDJTUda bir o’quv yili uchun kontrakt to’lovi 1700 AQSh dollariga teng. O’zDJTUga to’lov OzR Markaziy bankining to’lov amalga oshirilgan kundagi kursi bo’yicha so’mda to’lanadi.

ADUda bir o’quv yili uchun kontrakt puli 2000 AQSh dollarini tashkil etadi. O’qish uchun to’lov Rossiya rubli yoki AQSh dollarida amalga oshiriladi. ADUda o’qish uchun borganda talabalar aviabilet va yashash harajatlarini o’z hisobidan to’laydi.

Qabul masalalarida savollaringiz bo’lsa, Qoshma ta’lim dasturlari bo’limi bilan +998 95 194 15 05 (ish) telefon raqami, Telegram: +998 99 877 48 47,

yoki  e-mail: international.uzswlu.uz@gmail.com orqali bog’lanishingiz mumkin.

Ariza AGU1 (rus tilida) yuklash.

Ariza AGU2 (rus tilida) yuklash.

Anketa ADU (rus tilida) yuklash.

Leave a Comment