Home Yangiliklar QOZON FEDERAL UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK YANADA KENGAYMOQDA

QOZON FEDERAL UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK YANADA KENGAYMOQDA

by Shahnoza Hojieva

Bugun, Rossiya Federatsiyasining Qozon Federal universiteti Xalqaro munosabatlar instituti, Xorijiy tillar va tarjima oliy maktabi direktori o‘rinbosari Imamutdinova Albina Marselevna O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda G‘arb va Sharq tillarini o‘qitish sohasida tajriba almashish, tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, shuningdek, hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy maqolalar nashr etish kabi masalalar muhokama qilindi.

Kun tartibida tomonlar universitetlararo qo‘shma tadbirlarni tashkil etish, masalan, o‘zbek tili va madaniyati hamda tatar tili va madaniyati kunlarini o‘tkazish, ta’lim yarmarkalarini tashkil etish, turli ta’lim yo‘nalishlari (“Xalqaro kommunikatsiya”, «Xalqaro munosabatlar» va boshq.) bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini shakllantirish kabi masalalarini ham ko‘rib chiqdilar.

You may also like

Leave a Comment