Home Intervyular «Yosh mutaxassislar uchun amaliyot dasturi mening hayotimni o’zgartirdi»

«Yosh mutaxassislar uchun amaliyot dasturi mening hayotimni o’zgartirdi»

by Shahnoza Hojieva

2021 yil may oyida Sarvinoz Ungboeva ingliz tilini bilish testini tugatgan va O’zbekiston davlat jahon tillari universitetini tugatish arafasida edi. Ammo u o’zining ilmiy tajribasi va iqtidorini amaliyotda kengaytirishni xohladi va Yosh mutaxassislar amaliyot dasturiga (YMAD) ariza berishga qaror qildi. «Qulaylik zonasidan chiqish har doim qiyin», – tan oladi Sarvinoz. «Ammo, o’z ustimda ishlash uchun menda katta motivatsiya bor edi.»

Tez orada Sarvinoz «Veritas» test sinovlari va sertifikatlash firmasida 8 haftalik amaliyot dasturini boshladi, u yerda boshqaruv loyihasida ishladi, axloqiy, raqamli, xalqaro ko’nikmalarga ega bo’ldi. Tajribali hamkasblar bilan ishlash va amaliyot dasturi Sarvinozga kelajakdagi faoliyatini rejalashtirishga yordam berdi va unga nazorat va umid hissini berdi. Amaliyot dasturi tugashiga yaqin Sarvinoz o’zining ishonch va kasbiy mahoratini aks ettirgan holda amaliyot tajribasi haqida taqdimot yaratdi.

Amaliyotdan so’ng u chet elda magistraturaga hujjat topshirmoqchi. «Yosh mutaxassislar uchun amaliyot dasturi mening hayotimni o’zgartirdi»

Sarvinozga omad!

Bog’lanish uchun:

Ofis telefon raqami: +998 71 230 1291

Telegram/WhatsApp raqamlari: +998 99 877 4847

Bizning E-mail: uzswlu.international.uz@gmail.com

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram |

«Ushbu veb-sayt O’zDJTU talabalari tomonidan boshqariladi, shuning uchun biron bir xato topsangiz, bizga xabar bering»

You may also like

Leave a Comment