Home Yangiliklar O’zDJTU bilan Rossiya Adigey davlat universiteti hamkorligi!

O’zDJTU bilan Rossiya Adigey davlat universiteti hamkorligi!

by Shahnoza Hojieva

28 may kuni Rossiya Adigey davlat universitetining Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Tlexatuk Susanna Ruslanovna bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda O’zDJTU rektori U.Azizov, Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori A. Abidjanov, Qo’shma ta’lim dasturlari bo’limi boshlig’i X. Yuldashev va rus filologiyasi fakulteti dekani N. Ibragimova ishtirok etdi. ASU rektori D.K. Mamiyaning tabrik so’zlarini va qo’shma ta’lim dasturlari talabalariga ta’lim va ilmiy faoliyatida muvaffaqiyat tilaklarini S.R. Tlehatuk yetkazdi.

U. Azizov bakalavriatning ikkita yangi dasturini yaratish maqsadga muvofiq ekanligini aytdi. A. Abidjanov ushbu taklifni qo’llab – quvvatlagan holda rus tili bo’yicha bilim va ko’nikmalarini baholash va sertifikatlashtirish markazini tashkil qilish taklifini berdi, shuningdek talaba va o’qituvchilar almashinuvi, talabalarning amaliyotini tashkil qilish hamkorlikda Xalqaro konferensiyalar va ilmiy – amaliy tadbirlar tashkil qilish, o’qituvchilar malakasini oshirish sohalarida hamkorlik qilish mumkinligini aytib o’tdi.

Bog’lanish uchun:

Ofis telefon raqami: +998 71 230 1291

Telegram/WhatsApp raqamlari: +998 99 877 4847

Bizning E-mail: uzswlu.international.uz@gmail.com

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram |

«Ushbu veb-sayt O’zDJTU talabalari tomonidan boshqariladi, shuning uchun biron bir xato topsangiz, bizga xabar bering»

You may also like

Leave a Comment